NUTQIY JARAYONNI SHAKLLANTIRUVCHI OMILLAR

Main Article Content

Maxmudova Nigoraxon

Abstract

Hozirgi ilm-fanda nutqiy jarayonning tashkil etilish masalasi ustivor ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqot obъektlaridan biri sanaladi. Ayniqsa, tilshunoslik sohasi o‘zining bugungi taraqqiyoti davrida inson omili hamda unga bog‘liq bo'lgan ayrim hodisalar yani til, ong hamda nutq hodisalarining o‘ziga xos harakter kasb etayotganligi mazkur masalaning yanada chuqurroq mavqega ega bo‘lishini taminlamoqda. Chunki, doimo ilm yo‘lida, jamiyatda va xatto induvidual hayotda inson omili muhim ahamiyatga ega, zero u tilning va nutqning tom ma’nodagi egasi sanaladi. Tilning harakati nutq tomon yetaklaydi. Tushunarli nutq hosil bo‘lishida til avval ongga yani tafakkurga yuzlanadi. Kishi o‘z nutqida birinchi navbatda o‘zini o‘rab turgan olamni aks ettiradi. Bu esa olamning nutqiy tasviriga olib keladi. Inson o‘zini o‘rab turgan atrof-muhitni narsa va insonlarning tili, dini, madaniyati va xulq-atvoridan kelib chiqqan holda tasvirlaydi. Inson qabul qilgan yoki ko‘rib turgan ma’lumotni o‘ziga xos tarzda onggida yeg‘adi va ichki dunyosidan kelib chiqqan holda uni nutqiga chiqaradi. Kishilar atrofidagi hodisalar esa ma’lum belgi vazifasini bajarib, u insonda tilning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Shu o‘rinda, sekin asta tilni ongga ehtiyoji seziladi, ong(tafakkur) esa nutq tomon harakatga keladi. Aynan bu kabi jarayonlar ushbu maqolada, birma-bir yoritib beriladi. Ayniqsa, til va nutqning ilm-fan olamidagi ahamiyati taniqli olim va faylasuflarimizning nazariy qarashlari tayangan holda yoritilib beriladi.

Article Details

How to Cite
Maxmudova Nigoraxon. (2024). NUTQIY JARAYONNI SHAKLLANTIRUVCHI OMILLAR. Uz-Conferences, 362–368. Retrieved from https://uz-conference.com/index.php/p/article/view/889
Section
Articles

References

Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab...// O'zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2012. -№ 5. – B. 6-7. 2. Benvenist E. Общая лингвистика. – М., 2002. – С. 295. 3. Kubryakova Ye.S. Номинативный аспект речевой деятелъности. – М., 1986. 4. Xudoyberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi. – Toshkent: Fan, 2013. – B. 13. 5. Xolmonova Z.T. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent, 2007. 37– bet.