QUYMA MATERIALLARINING TEXNOLOGIK XOSSALARI VA ULARNI ANIQLASH

Main Article Content

A.B.Erkinjonov, S.B.Yulchiyeva
F.K.Abdullayev

Abstract

Texnik hamda iqtisodiy talablarga javob beradigan quymalar olishda foydalaniladigan asosiy materiallarga cho‘yan, po‘lat va rangli metall qotishmalarini sanab o‘tishimiz mumkin. Ayniqsa, bularning ichida cho‘yanning oquvchanligining yaxshiligi, suyuqlanish harorati pastligi, hajmiy kirishuvining kichikligi, kimyoviy tarkibining tekis bo‘lishi hamda arzonligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bizga ma’lumki, quymalarning xossalari va sifati ularning materialiga, kimyoviy tarkibiga, qolipning bir tekisda ravon to‘lishiga, unda sovish tezligiga, metallning shlak va gazlardan tozaligiga va boshqa bir qancha ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Masalan, sof metall va evtektik qotishmalarning oquvchanligi qattiq eritmalarnikidan, qattiq eritmalarniki esa kimyoviy birikmalarnikidan yuqori bo‘ladi. Qolip suyuq cho‘yan bilan to‘lib borishida va uning qolipda sovishida kremniy uglerodning grafit tarzda ajralishiga ko‘maklashsa, marganes aksincha qarshilik ko‘rsatadi. Oltingugurt uglerodning grafit tarzda ajralishiga qarshilik ko‘rsatishi bilan mexanik xossalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, fosfor esa qotishmaning oquvchanligini oshirishi bilan quymaning mexanik xossalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Article Details

How to Cite
A.B.Erkinjonov, S.B.Yulchiyeva, & F.K.Abdullayev. (2024). QUYMA MATERIALLARINING TEXNOLOGIK XOSSALARI VA ULARNI ANIQLASH. Uz-Conferences, 24. Retrieved from https://uz-conference.com/index.php/p/article/view/671
Section
Articles

References

Bektemirov Abdujalol Do‘Smuxammad O‘G‘Li, ., Turakhodjaev Nodir Djaxongirovich, ., Akhunjonov Anvarjon Sobirovich, ., & Erkinjonov Abdulhamid Baxtiyorjon O‘G‘Li, . (2023). TECHNOLOGY OF OBTAINING THE WORKING WHEEL DETAIL WITHOUT IMPACT LOADS BY CASTING. The American Journal of Engineering and Technology, 5(12), 15–20. https://doi.-org/10.37547/tajet/Volume05Issue12-04

V.A.Mirboboyev., Konstruksion materiallar texnologiyasi. Toshkent 2004y.